Yuklab olish

Kompyuteringizdagi saytni internetga oching

Cloudstore kompyuteringizda ishlab turgan saytga https://nom.serverup.uz ko'rinishidagi manzil beradi. Sayt o'z kompyuteringizda ishlashda davom etadi: uni serverga ko'chirish, hosting sotib olish yoki routerni sozlash shart emas.

Yuklab olish

Windows 10 va 11 uchun · 12,6 MB · beta davrida bepul

Bu qanday ishlaydi

Ko'p internet provayderlar uy va ofis kompyuterlariga tashqaridan ulanib bo'ladigan alohida IP manzil bermaydi. Shuning uchun kompyuteringizda ochilgan saytni boshqa odam o'z telefonidan ocha olmaydi, Telegram esa botingizga xabar yetkaza olmaydi.

Cloudstore ilovasi serverimizga o'zi ulanadi va aloqani ochiq ushlab turadi. Kimdir manzilingizni ochganda so'rov serverga keladi, server uni shu aloqa orqali kompyuteringizga yetkazadi va javobni qaytaradi. Kompyuteringizga tashqaridan hech kim to'g'ridan-to'g'ri ulanmaydi.

Kimlar uchun

Telegram bot yozayotganlar

Webhook uchun Telegram HTTPS manzil talab qiladi. Botni serverga joylamasdan, o'z kompyuteringizda ishga tushirib sinab ko'rasiz: kodni o'zgartirdingiz — bot darhol yangi kod bilan javob beradi.

Veb-dasturchilar

Tayyorlanayotgan saytni mijozga yoki hamkasbingizga bitta havola orqali ko'rsating, telefonda qanday ko'rinishini tekshiring.

Webhook bilan ishlayotganlar

To'lov tizimlari, GitHub, GitLab va boshqa xizmatlar yuboradigan so'rovlarni to'g'ridan-to'g'ri o'z kompyuteringizda qabul qilib, tekshirib ko'ring.

Dasturlashni o'rganayotganlar

Birinchi saytingizni do'stlaringizga ko'rsatish uchun hosting sotib olish shart emas.

Imkoniyatlar

O'z nomingiz

Nomni o'zingiz tanlaysiz, masalan alishop.serverup.uz. Nom sizga biriktiriladi: ertaga ham, bir oydan keyin ham manzil o'zgarmaydi.

HTTPS tayyor

Har bir manzil xavfsiz https:// bilan, standart 443-portda ochiladi. Telegram webhook talablariga ham mos keladi.

Hech narsa sozlanmaydi

Router, port ochish, statik IP yoki o'z domeningiz kerak emas. Port raqamini yozasiz — manzil tayyor.

Hot reload ishlaydi

WebSocket ulanishlar ham uzatiladi, shuning uchun Vite, Next.js kabi vositalarda sahifa kod o'zgarganda o'zi yangilanadi.

So'rovlar ko'rinib turadi

Ilovada har bir so'rov, uning javob kodi va qancha vaqt olgani ko'rsatiladi. Xatoni topish oson.

Uzilsa, o'zi ulanadi

Internet bir lahzaga uzilsa, ilova qayta ulanadi va manzil o'sha bo'lib qoladi.

Xavfsiz kirish

Google hisobingiz bilan kirasiz, yangi parol o'ylab topish shart emas. Har bir kompyuter o'z kaliti bilan taniladi: kalit Windows'da shifrlangan holda saqlanadi va uni boshqa kompyuterga ko'chirib ishlatib bo'lmaydi.

O'zbek tilida

Ilova, sayt va yordam o'zbek tilida.

Qanday boshlanadi

  1. Ilovani yuklab oling va oching.
  2. «Google bilan davom etish» tugmasini bosib, hisobingizni tanlang. Bu har bir kompyuterda bir marta qilinadi.
  3. Saytingizni odatdagidek ishga tushiring (masalan, npm run dev), ilovada uning port raqamini yozing va nom tanlang.
  4. «Ishga tushirish»ni bosing — manzil tayyor. Uni nusxalab, kimga kerak bo'lsa yuboring.

Chegaralar

Cloudstore hozir beta bosqichida va bepul. Xizmat hamma uchun barqaror ishlashi uchun har bir foydalanuvchiga chegaralar bor:

  • kuniga 10 GB trafik
  • tezlik 2 MB/s gacha
  • 3 tagacha nom
  • bitta so'rov hajmi 50 MB gacha

Ilovada bir vaqtda bitta sayt ochiladi.

Ko'p beriladigan savollar

Saytim yoki fayllarim serveringizga ko'chiriladimi?

Yo'q. Sayt o'z kompyuteringizda ishlaydi. Server faqat so'rov va javoblarni yetkazib beradi, ularni saqlamaydi va o'qimaydi.

Kompyuterni o'chirsam nima bo'ladi?

Sayt ham ochilmay qoladi: manzilga kirganlar «Bu sayt hozir ishlamayapti» degan sahifani ko'radi. Nom esa sizda qoladi — ilovani qayta ochganingizda sayt o'sha manzilda yana ishlaydi.

Windows «noma'lum nashriyotchi» deb ogohlantiryapti. Bu xavflimi?

Ilova hali raqamli imzo sertifikatisiz chiqarilgan, shuning uchun Windows SmartScreen shunday ogohlantiradi. Ilovani faqat shu sahifadan yuklab oling. Ochish uchun «More info» («Подробнее»), so'ng «Run anyway» («Выполнить в любом случае») tugmasini bosing.

Mac yoki Linux uchun bormi?

Hozircha faqat Windows uchun ilova bor.

Qanday ma'lumotlar saqlanadi?

Emailingiz, kompyuteringiz nomi, tanlagan nomlaringiz, kunlik trafik hajmi va texnik yozuvlar (IP manzil, ulanish vaqti). Saytingiz mazmuni saqlanmaydi. Batafsil — maxfiylik siyosatida.

Pullikmi?

Beta davrida bepul.

Savol yoki muammo bo'lsa-chi?

Telegram'da yozing: @a_akosh.

Boshlab ko'ring

Yuklab olish va birinchi manzilni olish bir necha daqiqa vaqt oladi.

Yuklab olish