Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 7-noyabr
Cloudstore'dan foydalanayotganingiz uchun rahmat. Quyida bir nechta oddiy qoidalar bor — ular xizmat hamma uchun xavfsiz va tez ishlashi uchun kerak.
Bu beta
Cloudstore hozir sinov bosqichida va bepul. Hammasi yaxshi ishlashi uchun harakat qilamiz, lekin vaqti-vaqti bilan uzilishlar yoki o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Juda muhim ishlar uchun zaxira yo'lingiz ham bo'lsin.
Nima qilish mumkin emas
- qonunga zid narsalarni joylash;
- bank, to'lov tizimi yoki boshqa saytning sahifasini taqlid qilib, odamlarning parol yoki karta ma'lumotlarini olish (fishing);
- virus va zararli dasturlar tarqatish, spam yuborish;
- boshqa saytlar yoki serverlarga hujum qilish;
- birovning filmi, musiqasi yoki dasturini ruxsatsiz tarqatish.
Shulardan birini qilgan hisob ogohlantirishsiz bloklanadi.
Chegaralar
Xizmat hamma uchun tez ishlashi uchun har bir foydalanuvchida kunlik trafik, tezlik va nomlar soniga chegara bor. Ularni ilovaning «Hisob» bo'limida ko'rasiz. Kerak bo'lsa, chegaralarni o'zgartirishimiz mumkin.
Nomlar
Siz olgan nom sizniki — boshqa hech kim uni ololmaydi. Ba'zi nomlar (www, api, admin va shunga o'xshashlar) xizmatning o'zi uchun band. Agar nom boshqa kompaniya yoki brendni taqlid qilsa yoki qoidalar buzilsa, uni olib qo'yishimiz mumkin.
Saytingiz uchun kim javob beradi
Tunnel orqali ochilgan saytning mazmuni uchun uning egasi, ya'ni siz javob berasiz. Biz faqat trafikni uzatamiz.
Yomon narsa ko'rsangiz
Kimdir Cloudstore orqali fishing yoki boshqa yomon ish qilayotganini ko'rsangiz, o'sha manzilni bizga yuboring — tezda tekshiramiz.
Agar shartlar o'zgarsa
Yangi matnni shu sahifaga qo'yamiz va yuqoridagi sanani yangilaymiz.
Savol bo'lsa
Telegram'da yozing: @a_akosh