Yuklab olish

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 7-noyabr

Qisqasi: biz faqat xizmat ishlashi uchun kerak bo'lgan narsalarni bilamiz. Saytingiz va undagi ma'lumotlar bizda saqlanmaydi.

Biz nimani bilamiz

Nimani saqlamaymiz

Saytingizning kodi va fayllari sizning kompyuteringizda qoladi. Saytingizga keladigan so'rovlar va javoblar serverimiz orqali o'tadi, lekin biz ularni saqlamaymiz va o'qimaymiz — shunchaki manziliga yetkazib beramiz.

Bu ma'lumotlar nimaga kerak

Faqat xizmat ishlashi uchun: sizni tanish, nomingizni boshqa birov egallab olmasligi, chegaralarni hisoblash va xizmatdan yomon maqsadda foydalanishning oldini olish uchun. Reklama ko'rsatmaymiz, ma'lumotlaringizni hech kimga sotmaymiz.

Kimga beriladi

Hech kimga. Kirish Google orqali bo'lgani uchun Google siz Cloudstore'ga kirganingizni biladi — bu Google'ning o'z qoidalari asosida ishlaydi. Faqat qonun talab qilgan holatda vakolatli idoralarga berilishi mumkin.

Ma'lumotlaringizni o'chirish

Kompyuterni hisobdan chiqarish va nomlarni bo'shatish ilovaning «Hisob» bo'limida bor. Hisobingizni butunlay o'chirmoqchi bo'lsangiz, Telegram'da yozing — o'chirib beramiz.

Agar biror narsa o'zgarsa

Yangi matnni shu sahifaga qo'yamiz va yuqoridagi sanani yangilaymiz.

Savol bo'lsa

Telegram'da yozing: @a_akosh